Belgradda Toshkent ko‘chasi bo‘ladi
Sentabr 08, 2026. 19:43 • 45 soniya
• 96
TOSHKENT, 8-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi bugun Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomini berish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilari mazkur qaror bugun strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali munosabatlarining jadal rivojlanib borayotganining ifodasi ekanini taʼkidladilar.
Toshkent ko‘chasi xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga qatʼiy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi