Davlatimiz rahbari “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Noyabr 17, 2026. 17:55 • 58 soniya
• 127
TOSHKЕNT, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘monga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Masqatdagi Anjuman va ko‘rgazmalar markazida tashkil etilgan O‘zbekiston sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentiga O‘mon Bosh vaziri o‘rinbosari Zeyazin bin Haysam Ol Said hamrohlik qildi.
“Made in Uzbekistan” nomi bilan tashkil etilgan ko‘rgazmada mamlakatimiz tog‘-kon va metallurgiya, elektrotexnika va elektronika, energetika, transport, logistika va aviatsiya, qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sanoati sohalarida erishilgan natijalar, tayyor mahsulotlar hamda Yangi Toshkent shahrini barpo etish rejalari namoyish qilindi.
Ikki mamlakat yirik kompaniyalari vakillari qo‘shma loyihalarini taqdimot qilib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan axborot berdi.
Prezidentimiz O‘zbekiston va O‘monning yetakchi korxonalari kooperatsiyasini, o‘zaro tajriba va texnologiyalar almashinuvini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi