O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qildi

Oktabr 16, 2026. 20:20 • 59 soniya

• 97
O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qildi

TOSHKENT, 16-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va ustuvor qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni kompaniyalarining mamlakatimiz bozoriga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Buning natijasida “yashil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, yuqori texnologiyalar, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Tomonlar erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga tayyor ekanini qayd etdilar.

Uchrashuv yakunida saudiyalik investorlar O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish