O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi
Mart 31, 2026. 17:31 • 2 daq
• 32
TOSHKENT, 31-mart. / “Dunyo” AA/. Bugun Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev tashrifidan bag‘oyat mamnun bo‘ldik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Qozog‘istonlik birodarlarimizni o‘zbek zaminida ko‘rib turganimizdan chin dildan xursandmiz.
So‘nggi yillarda davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o‘zaro hamkorligimiz misli ko‘rilmagan darajaga yetdi.
Bugungi muzokaralarimiz mazmunli va amaliy ruhda o‘tib, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oldi. Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturini imzoladik.
Aloqalarning jadal surʼati va savdo-iqtisodiy hamda transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Bo‘lajak muloqotlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlashga turtki berishiga ishonchimiz komil”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi