O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkiyaga keldi
Oktabr 29, 2026. 19:13 • 53 soniya
• 147
TOSHKENT, 29-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan bugun Anqara shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Etimesgut” aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shu kunlarda O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
“Turkiy asr: tilda, fikrda va ishda birlik” shiori ostida o‘tadigan anjuman kun tartibidan ustuvor yo‘nalishlardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Sammit yakunlari bo‘yicha Anqara deklaratsiyasi hamda tashkilot doirasida amaliy sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan bitimlar to‘plami qabul qilinadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi