O‘zbekiston Prezidenti AQSh senatorini qabul qildi

Sentabr 03, 2026. 20:00 • 2 daq

103
O‘zbekiston Prezidenti AQSh senatorini qabul qildi

TOSHKENT, 3 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun AQSh Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida AQSh senatori davlatimiz rahbari va xalqimizni mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Soʻnggi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni har qachongidan ham yuqori darajaga koʻtarishga erishilgani, muloqotlar va delegatsiyalar almashinuvi jadal surʼat kasb etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xoʻjaligi, raqamli texnologiyalar va sanoat yoʻnalishlarida yirik loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.

Hududlar oʻrtasida, xususan, senator vakili boʻlgan Montana shtati bilan aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida urgʻu berildi.

“C5+1” formatidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish