O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisini qabul qildi

Iyun 17, 2026. 16:25 • 49 soniya

57
O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisini qabul qildi

TOSHKЕNT, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TXIF doirasida O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Saudiyaning “ACWA” va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu borada Toshkent investitsiya forumi doirasida yana bir qator kelishuvlarga erishilgan.

Uchrashuvda “yashil” energetika, sog‘liqni saqlash, transport, infratuzilma, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish