O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Bosh vazirini qabul qildi

Iyun 17, 2026. 14:25 • 55 soniya

67
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Bosh vazirini qabul qildi

TOSHKЕNT, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbat avvalida Oljas Bektenov O‘zbekiston Prezidentiga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha darajalardagi faol muloqot mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmlari o‘sib, yaqinda qabul qilingan yangi “yo‘l xaritasi” asosida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.

Iyul oyida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda Aqtau shahrida o‘tkaziladigan hududlar rahbarlarining birinchi Kengashiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish