O‘zbekiston Prezidenti BAA delegatsiyasini qabul qildi
Iyun 17, 2026. 14:27 • 1 daq
• 54
TOSHKЕNT, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbat avvalida vazir O‘zbekiston yetakchisiga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston – BAA strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi.
Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda. Beshinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida BAA kompaniyalari bilan qator yangi kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
“Yashil” energetika, yoqilg‘i ishlab chiqarish, transport, logistika, sun’iy intellekt, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlardagi yirik loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi