O‘zbekiston Prezidenti Marko Rubio va Serjio Gorni davlat mukofotlari bilan taqdirladi
Oktabr 19, 2026. 21:50 • 2 daq
• 59TOSHKЕNT, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorga davlat mukofotlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Uning O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi e’tirof etildi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surish, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari alohida ta’kidlandi.
Serjio Gor esa O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda strategik sheriklikni kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Uning siyosiy muloqotni faollashtirish, ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish, amerikalik sarmoyadorlarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari e’tirof etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi









