O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga amaliy tashrifini yakunladi
May 19, 2026. 01:10 • 55 soniya
• 108
TOSHKENT, 19-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Boku shahriga ikki kunlik amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etib, shaharlarni barqaror rivojlantirish va shaharsozlik siyosatini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Forum doirasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Boku xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti BMT-Habitat rahbari bilan barqaror urbanizatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi



