O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
May 18, 2026. 19:11 • 2 daq
• 76
TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ko‘p qirrali O‘zbekiston–Serbiya munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yana-da rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Asosiy eʼtibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi hamda turizm kabi sohalarda kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.
Gumanitar hamkorlikni yana-da rivojlantirish, xususan, rektorlarning birinchi forumi hamda Kino va madaniyat kunlarini o‘zaro o‘tkazish muhimligi taʼkidlandi.
Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti BMT-Habitat rahbari bilan barqaror urbanizatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Boku sammitida shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida qator tashabbuslarni ilgari surdi


