O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Bokuda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar
May 18, 2026. 18:25 • 2 daq
• 53
TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. Boku shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon yetakchisini Butunjahon urbanizatsiya forumining muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan samimiy tabrikladi.
Avvalgi oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tovar ayirboshlashning ijobiy surʼati qayd etildi. Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 40 foizdan ziyodga oshdi.
Qurilish, tog‘-kon sanoati, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihalarni jadallashtirish hamda birgalikdagi investitsiyalarni, shu jumladan, Qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb etgan holda yana-da kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Yetakchilar transportga oid tashabbuslarni amalga oshirish va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.
Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Boku sammitida shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida qator tashabbuslarni ilgari surdi



