O‘zbekiston Prezidenti BMT-Habitat rahbari bilan barqaror urbanizatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
May 18, 2026. 20:10 • 2 daq
• 33
TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. Butunjahon urbanizatsiya forumi doirasida bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi (BMT-Habitat) ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, BMT-Habitat bilan shaharlarni barqaror rivojlantirish, shahar infratuzilmasini takomillashtirish hamda shaharsozlik sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘tgan yili Samarqand iqlim forumi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Hamkorlikni yana-da kengaytirish, jumladan, qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash, sohaga oid loyihalarni ilgari surish hamda ekspertlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Butunjahon urbanizatsiya forumida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Boku sammitida shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida qator tashabbuslarni ilgari surdi



