O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
Dekabr 12, 2025. 21:00 • 36 soniya
• 94
TOSHKENT, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod shahriga amaliy tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi hamda nutq soʻzladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Delegatsiyalar rahbarlari tashrif doirasida Ashxoboddagi yangilangan Betaraflik majmuasiga ham tashrif buyurdilar.
Tadbirlar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Xojamirat Geldimiradov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi xalqaro forumda ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi