O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari BAA Mehmondo'stlik akademiyasiga tashrif buyurdi
Dekabr 13, 2025. 12:05 • 37 soniya
• 100
TOSHKENT, 13 dekabrь. /“Dunyo” AA/. Kecha Dubay shahrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullaev Amirliklarning “ Queen Elizabeth II” akademiyasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma'lumotiga ko'ra, mazkur tashkilot Dubayning birinchi va yagona kasbiy tayyorgarlik akademiyasi bo'lib, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlaydi.
“QE2 Academy” direktori Patrik Kudin kruiz laynerlar va mamlakatdagi mehmonxonalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yishni taklif qildi.
SHuningdek, Akademiya Samarqand “Ipak yo'li” universiteti, Toshkent Turizm kolleji va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan to'g'ridan-to'g'ri amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv natijasida tomonlar Anglashuv memorandumi ishlab chiqishga va uni onlayn shaklda imzolashga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
TIV homiyligida maktab o‘quvchilariga taʼlim jihozlari va esdalik sovg‘alari topshirildi