Logo

O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Dekabr 12, 2025. 11:32 • 30 soniya

72
O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi

TOSHKENT, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Turkmanistonning insonparvarlik g‘oyalari, tinchlik, bunyodkorlik va ezgulik tamoyillariga sodiqligini ifodalovchi Betaraflik va «Betaraflikning 30 yilligi» yodgorliklarini o‘z ichiga olgan majmua hamda unga tutash landshaftli bog‘ Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi va Xalqaro tinchlik hamda ishonch yilini nishonlashga tayyorgarlik doirasida qayta qurildi va tantanali ravishda ochildi.

Prezidentimiz boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga monument poyiga gul qo‘ydi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish