Logo

Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Dekabr 13, 2025. 12:50 • 30 soniya

96
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

OSLO, 13 dekabrь. /“Dunyo” AA/. O'zbekistonning Stokgolьm shahrida joylashgan elchixonasi diplomatlari Norvegiyada vaqtinchalik istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda mazkur mamlakatdagi o'zbek diasporasi bilan aloqalarni yanada rivojlantirish shuningdek, diasporamizning faol vakillari bilan eksport salohiyatini ilgari surish va mehnat migratsiyasini kengaytirish bo'yicha kelgusi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ochiq muloqot davomida hamyurtlarimiz tomonidan Norvegiyada, jumladan, “Vatandosh” jamg'armasini jalb qilgan holda, madaniy-ma'rifiy va turistik tadbirlarni birgalikda o'tkazish bo'yicha bir qator takliflar ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida diplomatlarimiz tomonidan fuqarolarimizga sayyor konsullik-huquqiy xizmatlari ham ko'rsatildi.  

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish