Şinjon usuli paxtaçilikda yuqori samara bermoqda

Oktabr 21, 2026. 19:50 • 2 daq

• 115
Şinjon usuli paxtaçilikda yuqori samara bermoqda

TOŞKENT, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun Ğuzor tumanida “Qaşqadaryo Jingu” korxonasi tomonidan Şinjon usulida paxta yetiştirilayotgan dalada böldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga köra, Özbekiston yetakçisiga çigit ekiş, ğözani suğoriş va parvarişlaşda qöllanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga çigit plyonka ostiga qöş qatorlab ekilgan, tomçilatib suğoriş töliq joriy qilingan.

Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, çigitning erta hamda bir tekis unib çiqişiga yordam beradi. Suv va öğit esa tomçilatib suğoriş tizimi orqali bevosita ğöza ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, öğit sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pişib yetiladi.

Prezidentimiz paxtazorda yetiştirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni taşkil etiş jarayoni bilan tanişdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Şinjon texnologiyasida bu körsatkiç 60-70 sentnergaça yetişi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani taşkil etmoqda.

Dala işlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajariş, yonilği sarfini kamaytiriş imkonini bermoqda.

Xitoy sarmoyasi iştirokida taşkil etilgan “Qaşqadaryo Jingu” agroklasteri Koson, Nişon, Ğuzor, Kökdala va Mirişkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Uşbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan çöl va qarovsiz maydonlar bölgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta iş örni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni taşkil etadi.

Şu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan işlar haqida ham axborot berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish