Anqara shahrida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
Yanvar 29, 2026. 19:06 • 36 soniya
• 109
TOSHKENT, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. Turkiya Prezidentining Anqara shahridagi Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisini Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kutib oldi.
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an shohsupaga ko‘tarildilar. Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Tomonlar O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
