Tbilisida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Iyul 02, 2026. 20:59 • 48 soniya

58
Tbilisida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

TOSHKENT, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Tbilisi shahrida Gruziya Prezidentining qarorgohi – Orbeliani saroyida bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisini Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili samimiy qarshi oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushildi. Ayni paytda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish