Izabel Chatterton: O‘zbekiston hukumati butun mamlakat bo‘ylab taʼsirchan transformatsiya dasturini amalga oshirdi
May 04, 2026. 16:25 • 2 daq
• 127
SAMARQAND, 4-may. /“Dunyo” AA/. Osiyo taraqqiyot bankining Xususiy sektor bilan operatsiyalar departamenti bosh direktori Izabel Chatterton Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan OTB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishi doirasida “Dunyo” AA muxbirining O‘zbekistondagi investitsiya muhiti haqidagi savoliga javob berdi:
– O‘zbekiston hukumati butun mamlakat bo‘ylab taʼsirchan transformatsiya dasturini amalga oshirdi. Ushbu dastur kompleks xususiyatga ega bo‘lib, aynan xususiy kompaniyalar tomonidan yaxshiroq boshqariladigan investitsiyalarni xususiy sektorga o‘tkazishga qaratilgan.
Biz ushbu samarali dasturni amalga oshirishda O‘zbekiston hukumatiga hamrohlik qilishdan baxtiyor va faxrlandik. Hukumatingiz bilan ko‘p yillardan beri, deyarli uni konseptual ishlab chiqish bosqichidan boshlab hamkorlik qilib kelmoqdamiz va islohotlar allaqachon sezilarli yaxshilanishlarga olib kelganini mamnuniyat bilan taʼkidlaymiz.
Mamlakatning suveren kredit reytingi xalqaro agentliklar tomonidan oshirildi. Iqtisodiy o‘sish ham ko‘p jihatdan hukumat amalga oshirayotgan transformatsiya dasturiga bog‘liq. Biz ushbu dasturda hukumatning hamkori ekanimizdan faxrlanamiz.
Bundan tashqari, ushbu tashabbus mintaqadagi boshqa mamlakatlar eʼtiborini tortdi, ular endi O‘zbekiston hukumati ushbu dasturni qanday ishlab chiqqani va amalga oshirayotgani bilan qiziqmoqda.
O‘zbekiston hukumati, albatta, nafaqat biz bilan, balki boshqa ko‘plab hamkorlar bilan ham strategik va kompleks tarzda ishlamoqda. Taʼkidlash kerakki, ushbu tizim haqiqatan ham iqtisodiyotni aholiga sezilarli foyda keltiradigan va ko‘plab ish o‘rinlarini yaratadigan o‘sish sohalariga yo‘naltirayotgani uchun maqtovga loyiq.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi