O‘zbek tili – milliy g‘urur va ma’naviy boyligimizdir
Oktabr 21, 2026. 19:30 • 59 soniya
• 261TOSHKENT, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida tantanali ma’naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda davlat va jamoat tashkilotlari, vazirlik va idoralar hamda keng jamoatchilik vakillari, jumladan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xodimlari ishtirok etdi.
Marosim davomida buyuk shoir va mutafakkir, o‘zbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Ulug‘ bobokalonimizning boy adabiy merosi, uning ona tilimiz ravnaqi va milliy ma’naviyatimiz yuksalishidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Tadbirda o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, tariximiz va madaniyatimizning ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va xalqaro miqyosdagi nufuzini yana-da oshirish muhimligi qayd etildi.
“Dunyo” AA olgan suratlar
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




