Toshkentda III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumi o‘z ishini boshladi
Noyabr 09, 2026. 11:30 • 2 daq
• 257TOSHKЕNT, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizda III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) hamda Rossiyaning “TASS” axborot agentligi hamkorligida tashkil etilgan forumda ikki mamlakat davlat organlari, mediaxoldinglar, IT-kompaniyalar hamda kreativ industriya sohalari vakillaridan iborat 200 nafardan ortiq jurnalist ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimi hamda sho‘ba yig‘ilishlarida ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari, 50 dan ortiq yetakchi mediakompaniyalarning top-menejerlari qatnashmoqda.
Ishtirokchilar safidan “VGTRK”, “Perviy kanal”, “Vsemirnaya set”, “NTV”, “MTRK “Mir”, “RT”, “TASS”, “Gazprom-Media Xolding”, “VK” va “Yandeks” vakillari o‘rin olgan.
O‘zbekiston nomidan yetakchi davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari, ekspertlar hamjamiyati hamda sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashayapti.
Forumning asosiy maqsadi – axborot maydoni transformatsiyasi sharoitida professional aloqalarni mustahkamlash, raqobatbardosh milliy kontent yaratish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishga tushirishdan iborat.
Mazkur forum ikki mamlakat mediahamjamiyatlari o‘rtasida ochiq muloqot o‘rnatish va o‘zaro kasbiy tajriba almashish uchun samarali muloqot maydoniga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

