Logo

Qoraqalpog‘istonning investitsiyaviy va turistik salohiyati xorijiy diplomatlar diqqat markazida

Fevral 24, 2026. 12:12 • 47 soniya

173
Qoraqalpog‘istonning investitsiyaviy va turistik salohiyati xorijiy diplomatlar diqqat markazida
Qoraqalpog‘istonning investitsiyaviy va turistik salohiyati xorijiy diplomatlar diqqat markazida
Qoraqalpog‘istonning investitsiyaviy va turistik salohiyati xorijiy diplomatlar diqqat markazida

NUKUS, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida bugun O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan 40 dan ortiq xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari uchun mintaqaning investitsiyaviy, eksport va turistik salohiyatiga bag‘ishlangan keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov so‘zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Xususan, investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari alohida qayd etildi.

Taqdimot davomida mintaqada qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida diplomatlar Qoraqalpog‘iston bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Bu kabi tadbirlar mintaqaning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va xorijiy kapitalni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish