Logo

Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi

Dekabr 14, 2025. 13:46 • 57 soniya

98
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi

FRANKFURT-MAYN, 14-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Konstitutsiya kuni munosabati bilan o‘zbek-nemis “Humo” madaniy jamiyati rahbariyati va faollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir avvalida Bosh konsulxona diplomatlari qatnashchilarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklab, Asosiy qonunda mustahkamlangan huquqiy kafolat va erkinliklar haqida so‘z yuritdi.

Ishtirokchilarga, so‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va qonunchilik islohotlari haqida maʼlumot berildi.

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda ko‘plab vatandoshlarimiz iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ilm-fan, sport va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirishga, yurtimizning tashqi dunyo bilan aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Shu munosabat bilan, o‘zbek tili, madaniyati va anʼanalarini saqlash hamda ommalashtirishga qaratilgan vatandoshlar tashkilotlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

O‘z navbatida, vatandoshlar Frankfurt-Mayn shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda muntazam ravishda milliy bayramlarni nishonlashni, mamlakatimizning madaniy merosi va turizm salohiyatini ommalashtirishga qaratilgan bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirishganini qayd etdi.

Tadbir yakunida vatandoshlar iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Germaniyada O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tadbirlar va uchrashuvlarni tashkil etishga kelishib oldi.  

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish