O‘zbekiston va Fransiya parlamentlararo hamkorlikni kengaytiradi
Aprel 02, 2026. 14:25 • 2 daq
• 43
PARIJ, 2-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Nodir Ganiyev Fransiya Senatining Tashqi ishlar, mudofaa va Yevropa ishlari komissiyasi aʼzosi, senator Valeri Boye boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida fransuz tomoni ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarning bugungi holatini yuqori baholadi.
Xususan, “Fransiya – Markaziy Osiyo” do‘stlik guruhlarining samarali faoliyati hamda turli darajadagi muntazam muloqotlar ikki davlat o‘rtasidagi parlament diplomatiyasini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shayotgani alohida taʼkidlandi.
Uchrashuvda parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish va amaliy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, muzokaralarning muhim qismi joriy yilning aprel oyida Fransiya Senati delegatsiyasining O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlandi.
Tomonlar mazkur tashrif ikki tomonlama munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitishiga hamda qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashinuvini kuchaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni parlamentlar darajasida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi