Novosibirskdagi YTHda jabrlangan vatandoshimizning ahvoli Bosh konsulxona nazoratiga olindi

Noyabr 10, 2026. 15:00 • 2 daq

• 233
Novosibirskdagi YTHda jabrlangan vatandoshimizning ahvoli Bosh konsulxona nazoratiga olindi

NOVOSIBIRSK, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Novosibirskdagi yo‘l-transport hodisasida jabrlangan o‘zbekistonlik fuqaroning holati Bosh konsulxona nazoratiga olindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Joriy yil 9-noyabr kuni O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga ushbu shaharda sodir bo‘lgan YTH oqibatida jabrlangan fuqaro G.K. to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Mazkur holat yuzasidan Bosh konsulxona konsullik xodimi va Migratsiya agentligining hududiy vakili zudlik bilan fuqaro yotqizilgan 2-sonli shahar tez yordam shifoxonasiga tashrif buyurdi.

Aniqlanishicha, fuqaro Novosibirsk shahri Visotskiy ko‘chasi 42-uy yonidagi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan vaqtida qora rangli “Djip” rusumli yengil avtomobili tomonidan urib yuborilgan. Haydovchining o‘zi tez yordam xizmatini chaqirib, jabrlanuvga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlagan.

Tibbiy tashxisga ko‘ra, fuqaroning singan suyaklari bitguniga qadar uni ko‘chirishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud.

Bosh konsulxona tomonidan fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash hamda ushbu holat yuzasidan qonuniy tartibda jabrdor maqomini berishni so‘rab Rossiya TIVining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasiga rasmiy nota yuborildi. Mazkur holat Bosh konsulxonaning qat’iy nazorati ostida.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish