Logo

Sankt-Peterburgda Xalqaro milliy madaniyatlar festivali o‘tkazildi

Aprel 30, 2026. 10:25 • 2 daq

411
Sankt-Peterburgda Xalqaro milliy madaniyatlar festivali o‘tkazildi
Sankt-Peterburgda Xalqaro milliy madaniyatlar festivali o‘tkazildi
Sankt-Peterburgda Xalqaro milliy madaniyatlar festivali o‘tkazildi

SANKT-PETERBURG, 2-may. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida Xalqaro milliy madaniyatlar festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur festival universitetning xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda konsullik muassasalari, milliy-madaniy birlashmalar, akademik hamjamiyat vakillari hamda Sankt-Peterburg oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar ishtirok etdi.

Tadbir dasturidan bayramona konsert, milliy ko‘rgazma, an’anaviy liboslar va milliy taomlar namoyishi o‘rin oldi.

Festivalda universitet prorektori Albert Abilov mazkur tadbir xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlashuvni mustahkamlashi, do‘stona aloqalarni rivojlantirishi hamda turli madaniyatlarni chuqurroq tushunish uchun muhim maydon ekanini ta’kidladi.

O‘zbekistonlik yoshlar festivalda faol ishtirok etdi. Talabalar milliy liboslarni namoyish etib, musiqiy chiqishlar qildi. An’anaviy suvenirlar va maishiy buyumlar bilan bezatilgan milliy stend ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Festival do‘stona va bayramona ruhda yakunlanib, madaniyatlararo muloqotni yanada mustahkamlash hamda mamlakatlar o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish