Anqarada vatandoshlar ishtirokida madaniy tadbir o‘tkazildi
May 20, 2026. 12:25 • 1 daq
• 117ANQARA, 20-may. /“Dunyo” AA/. Turkiya poytaxtida vatandoshlar ishtirokida “O‘zbekiston – tanituv kuni” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi va Yurtdosh turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB) tomonidan tashkil etilgan tadbirda o‘zbekistonlik va xorijlik talabalar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yurtimizning boy tarixi, qadimiy madaniyati va zamonaviy sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi videorolik hamda o‘zbek xalqining milliy anʼana va qadriyatlariga bag‘ishlangan badiiy dastur namoyish etildi.
Uchrashuvning ijodiy qismida talabalar tomonidan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlari va shoir Muhammad Yusufning “Iqror” sheʼri ijro etildi. Shuningdek, “Doira shou”, “Andijon polkasi” va “Lazgi” kabi ijod namunalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Madaniy dastur davomida mehmonlarga milliy taom – o‘zbek palovi tortildi va tadbir o‘zbekona kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida davom etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Maxachqalʼadagi vaqtinchalik saqlash markazida bo‘lib turgan vatandoshlar holidan xabar olindi






