O‘zbekistonlik yosh matematiklar Ashxoboddagi xalqaro matematika olimpiadasida medallarni qo‘lga kiritishdi
Mart 30, 2026. 09:56 • 2 daq
• 163
ASHXOBOD, 30-mart. /“Dunyo” AA/. 24-28-mart kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida “OMOUS-2026” VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Eron, BAA, Rossiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalaridan jami 600 ga yaqin talaba ishtirok etdi.
Mazkur fan olimpiadasida O‘zbekistondan 28 oliy ta’lim muassasalaridan jami 205 nafar talabalar ishtirok etdi.
Guruh musobaqalar yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 10 ta jamoaviy mukofotni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yakka tartibdagi musobaqalar yakuniy natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz jamoasi 103 ta medalni qo‘lga kiritib, medallar soni bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga, olimpiada doirasida o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar tomonidan turkman talabalari uchun maxsus master-klass darslari o‘tkazildi.
Yopilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan Buxoro davlat universiteti dotsenti Umida Xalikova so‘zga chiqib, tadbirdan olingan taassurotlar va ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlikni alohida ta’kidladi.
Ashxoboddagi xalqaro olimpiada nafaqat ilmiy bellashuv, balki turli millat yoshlarining do‘stligi, hamkorligi va tajriba almashinuvi maydoniga aylandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi