Toshkentlik o‘quvchi qiz tanlov g‘olibi sifatida Tokioga safar qildi

Oktabr 15, 2026. 14:30 • 2 daq

• 172

TOKIO, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahridagi 324-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Sumayya Salamova maktab va jamiyatda mehnat unumdorligini oshirish mavzusidagi videomateriallar tanlovida g‘olib bo‘lgani uchun Tokioga safar qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Joriy yilning 5–9-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu safar Osiyo unumdorlik tashkiloti (APO) tomonidan tashkil etildi va moliyalashtirildi. O‘quvchi qiz bilan birga Yaponiyaga uning ota-onasi, sinf rahbari va maktab direktori ham bordi.

Tashrif davomida mehmonlar APO hamda Yaponiya unumdorlik markazi (JPC) faoliyati bilan tanishdi, «kaydzen» tamoyillarini o‘rgandi va Yaponiyaning ikkita maktabida bo‘ldi. U yerda yurtdoshlarimizga o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish, shuningdek, vaqt va resurslardan samarali foydalanish borasidagi yondashuvlar taqdim etildi.

Safar yakunida mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasida ishtirokchilar orttirilgan tajriba va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildi. Sumayya Salamova yurtimizdagi tengdoshlari va boshqa maktab o‘quvchilari orasida mehnat unumdorligini oshirish g‘oyalarini targ‘ib qilish niyatida ekanini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish