Janubiy Koreyada vafot etgan vatandoshimiz o‘limi holati bo‘yicha maʼlumot berildi
Mart 18, 2026. 19:27 • 55 soniya
• 82
SEUL, 18-mart. / “Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi vakillari ushbu davlatda vafot etgan vatandoshimizning o‘limi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli maʼlumotlarga munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Diplomatlarning taʼkidlashicha, hamyurtimiz K.Nning vafoti munosabati bilan Janubiy Koreya milliy politsiya agentligining masʼul xodimlari bilan doimiy muloqot olib borilmoqda
Janubiy Koreya tomonining maʼlum qilishicha, ayni paytda hamyurtimizning o‘limi yuzasidan mutasaddi soha vakillari tomonidan tekshiruv va ekspertiza ishlari davom etmoqda. Dastlabki tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, vatandoshimizning vafotida qotillik alomatlari mavjud emas.
Janubiy Koreya huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu fuqaroning o‘limi holatiga to‘liq oydinlik kiritilganidan keyin qo‘shimcha axborot beriladi.
Eslatma: O‘zbekistonda tekshirilmagan, yolg‘on yoki vahima chiqaruvchi maʼlumotlarni tarqatish qonunchilik bilan tartibda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi