Logo

Buxoro davlat universiteti delegatsiyasining Misrga tashrifi bo‘lib o‘tdi

Yanvar 03, 2026. 12:13 • 44 soniya

244
Buxoro davlat universiteti delegatsiyasining Misrga tashrifi bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat universiteti delegatsiyasining Misrga tashrifi bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat universiteti delegatsiyasining Misrga tashrifi bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat universiteti delegatsiyasining Misrga tashrifi bo‘lib o‘tdi

QOHIRA, 5-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2025-yilning so‘nggi haftasida Buxoro davlat universiteti Tarix va huquq fakulteti dekani Bobir Namozov boshchiligidagi delegatsiyaning Misrga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif chog‘ida delegatsiya aʼzolari Misr Milliy kitoblar va arxivlar uyida bo‘lib, yurtimizga oid qo‘lyozmalar bilan tanishdi. Xususan Ibn Sino merosiga oid qo‘lyozmalar ro‘yxati jamlandi.

Vakillarmiz Misrning “EFC Plants Tissue Culture S.A.E.” innovatsion kompaniyasi rahbari Muhammad Salama bilan muzokaralar o‘tkazib, uning issiqxonalar va zamonaviy laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.

Suhbat chog‘ida yaqin oylarda universitet rahbariyati boshchiligida mutaxassislar tashrifini tashkil etish va hamkorlikda ushbu loyihani Buxoroda tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.

Elchixona tomonidan tashkil etilgan turizm taqdimotida Buxoro tarixi va uning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tadbir doirasida yozuvchi, Osiyo mamlakatlari bo‘yicha ekspert Ahmad Tarabek bilan ilmiy kitob yozishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Rakhataliyeva

rakhataliyeva@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish