Hindistondan Italiyagacha: O‘zbekistonga taʼlim olish uchun kelayotgan Top-20 davlat
Yanvar 06, 2026. 10:10 • 2 daq
• 274
TOSHKENT, 6-yanvar. / “Dunyo” AA/. 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga taʼlim olish maqsadida 37,2 ming nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54,3 foizga ko‘pdir. Bu esa mamlakatimiz taʼlim tizimining xalqaro miqyosda tan olinayotganidan dalolat beradi.
O‘zbekistonga taʼlim olish uchun eng ko‘p fuqarolari kelgan davlatlar orasida Hindiston yetakchilik qilmoqda — 16,3 ming kishi. Keyingi o‘rinlardan quyidagi davlatlar joy olgan:
- Turkmaniston — 8,9 ming;
- Tojikiston — 2,7 ming;
- Pokiston — 1,7 ming;
- Xitoy — 1,4 ming;
- Koreya Respublikasi — 870;
- Qirg‘iziston — 823;
- Misr — 737;
- Filippin — 501;
- AQSH — 464;
- Turkiya — 357;
- Afg‘oniston — 291;
- Iordaniya — 194;
- Buyuk Britaniya — 179;
- Rossiya — 164;
- Janubiy Afrika Respublikasi — 155;
- Eron — 115;
- Qozog‘iston — 113;
- Bangladesh — 97;
- Italiya — 94 kishi.
Bir yil ichida 50 foizdan ortiq o‘sish kuzatilgani Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va Afrika davlatlaridan tobora ko‘proq talabalar taʼlim olish uchun O‘zbekistonni tanlayotganini ko‘rsatadi. Ular o‘quv dasturlarining raqobatbardoshligi, hamyonbopligi va oliy o‘quv yurtlarining mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalarini alohida qayd etmoqda.
Xorijlik talabalar sonining ortishi O‘zbekistonning mintaqadagi yangi taʼlim xabi (markazi) sifatidagi roli mustahkamlanayotganini, xalqaro hamkorlik kengayib, milliy taʼlim muassasalarining dunyo sahnasidagi jozibadorligi oshayotganini tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi