Andijon va Xitoyning Haykou shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
Avgust 08, 2026. 10:00 • 2 daq
• 137GUANCHJOU, 8-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Andijon va Haykou shaharlari hokimliklari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Andijon shahri mutasaddilari hudud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Haykou kompaniya va tashkilotlarining ishlab chiqarishdagi boy tajribasini tatbiq etishga va sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
O‘z navbatida, Haykou shahar partiya qo‘mitasi aʼzosi, vitse-mer Ton Guichan ikki mamlakat o‘rtasidagi turli sohalarda pragmatik hamkorlik chuqurlashib, hududlararo aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilayotganini taʼkidladi.
Muzokaralar davomida ikki shahar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Haykou – Xitoyning Xaynan provinsiyasi maʼmuriy markazi bo‘lib, mintaqaning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnologik, madaniy va transport xabi hisoblanadi.
Shahar aholisi 3 million kishini, yalpi hududiy mahsulot hajmi esa 37 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Haykou tarkibida 4 ta maʼmuriy tuman (Syuying, Longxua, Syunshan va Meylan) hamda 1 ta “Milliy yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish zonasi” faoliyat yuritadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

