Logo

Yaponiyada Namangan viloyati delegatsiyasi muhim kelishuvlarga erishdi

Dekabr 01, 2025. 14:43 • 2 daq

385
Yaponiyada Namangan viloyati delegatsiyasi muhim kelishuvlarga erishdi

TOKIO, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Hozirda Yaponiyada bo‘lib turgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya Xirosima prefekturasining amaldagi gubernatori Xidexiko Yuzaki bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat davomida ikki hudud o‘rtasidagi iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim, turizm va madaniy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalari, qishloq xo‘jaligi, innovatsion texnologiyalar almashinuvi va turizm yo‘nalishlarida amaliy hamkorlik bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqdi. Yapon tomoni Namangan viloyatidagi investitsiya muhiti, logistika imkoniyatlari va sanoat infratuzilmasini yuqori baholab, hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ikki hudud rahbarlari o‘zaro aloqalarni institutsional darajada mustahkamlash, doimiy ishchi guruhlar tuzish, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etish borasida kelishib oldilar.

Mazkur uchrashuv Namangan va Xirosima o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.


Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish