O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Og‘ir xastalikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global tarmog‘i raisi etib saylandi
Oktabr 22, 2026. 14:30 • 2 daq
• 155SAMARQAND, 22-oktabr. /“Dunyo” AA/. Samarqandda Og‘ir xastalikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global tarmog‘i tashkil etilgani e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Global tarmoq tuzilishini AQSHning “St. Jude” bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasi vitse-prezidenti, “St. Jude Global” direktori Karlos Rodriges-Galindo e’lon qildi.
Global tarmoq og‘ir va hayot uchun xavfli, jumladan, onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida xalqaro hamkorlik va tajriba almashish uchun birinchi xonimlar hamda davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini birlashtiradi.
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga Global tarmoq raisi bo‘ldi. Uning raislikka kirishish marosimi Bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro kongress doirasida o‘tkazildi.
Bu qaror O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar, Ziroat Mirziyoyevaning saratonga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy yordamdan foydalanishini ta’minlash hamda hayotiy holatidan qat’i nazar, har bir bolaning o‘sishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishdagi faol va yetakchi o‘rnining e’tirofidir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi









