Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turadi

Oktabr 21, 2026. 21:00 • 2 daq

• 117

TOSHKENT, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxobodda G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva va Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ashxobod shahrida G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan yana bir bor uchrashdik, – deb yozdi bugun Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Muloqotlarimiz yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Har safar fikr almashganimizda umumiy g‘oyalarimiz boyib, hamkorlikda yangidan-yangi loyihalar yuzaga kelmoqda.

O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turadi. Uchrashuvlarimiz bundan keyin ham faqat yaxshilikka xizmat qilishini, odamlarga nafi tegadigan ezgu amallarga aylanib, mamlakatlarimizni bir-biriga yana-da yaqinlashtirishini istardim”. 

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish