O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hech bir bola va hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun farovon kelajak yo‘lida birlashishga chaqirdi

Oktabr 22, 2026. 10:00 • 2 daq

• 236

SAMARQAND, 22-oktabr. /“Dunyo” AA/. Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Butunjahon sammiti doirasida bolalar saratoni bo‘yicha “Sog‘ayishdan farovonlik sari” mavzusidagi II Xalqaro kongress bo‘lib o‘tayapti, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Kongress O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyaning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi vakillari, xorijiy universitet klinikalari va yetakchi tibbiyot markazlari, xalqaro va milliy ilmiy hamjamiyat hamda fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ziroat Mirziyoyeva dunyo hamjamiyatini, hukumatlarni, olimlar va insonparvar tashkilotlarni aniq va kechiktirib bo‘lmaydigan harakatlar yo‘lida birlashishga chaqirdi: “Dard va kasallik siyosiy chegara, millat yoki daromad tanlamaydi. Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!”.

“Mehrli Maktab” o‘quvchilarining chiqishi hech kimni befarq qoldirmadi. Bolalar o‘z hayotiy hikoyalari bilan birga butun dunyo bolalarining umidlarini ham yetkazdi. Ular tufayli kongress ishtirokchilari davolanish natijalariga bir lahza bo‘lsa-da, kichik bemorning nigohi bilan – uning beqiyos irodasi va cheksiz minnatdorlik tuyg‘usi orqali nazar tashlash imkoniga ega bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish