O‘zbekiston elchisi va Yaponiya parlamenti deputati ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

May 13, 2026. 18:25 • 57 soniya

17
O‘zbekiston elchisi va Yaponiya parlamenti deputati ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

TOKIO, 13-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati, Liberal-demokratik partiyaning Xalqaro byurosi bosh direktori Taro Kono bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining bugungi holati va yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, iqtisodiy sheriklik va turizm kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhimligini alohida taʼkidladilar.

Taro Kono Yaponiya delegatsiyasining joriy yil 1-3-may kunlari O‘zbekistonga tashrifi mazmunli va samarali o‘tganini qayd etib, safar doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliy ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini turli yo‘nalishlarda yana-da mustahkamlash hamda doimiy ishchi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish