O‘zbekiston vakillari SHHTni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etdi

Iyun 10, 2026. 16:00 • 2 daq

126
O‘zbekiston vakillari SHHTni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etdi

SHANXAY, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. Shanxay xalqaro tadqiqotlar akademiyasida “Shanxay hamkorlik tashkilotining 25 yilligi: global boshqaruvda yangi vazifalar va yangi qadamlar” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Anjumanda O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston va Rossiyaning yetakchi tadqiqot markazlari ekspertlari hamda tahlilchilari qatnashdi. O‘zbekiston nomidan Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Milliy universitet mutaxassislari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Shanxay hamkorlik tashkilotining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qildi. Xususan, global boshqaruvning zamonaviy konsepsiyalari va ularda SHHTning o‘rni, tashkilotning global xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shayotgan amaliy hissasi hamda jahon taraqqiyoti jarayonlaridagi ishtiroki xususida fikr-mulohaza almashildi.

Tadbir davomida SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan yangi yo‘nalishlar va chora-tadbirlar yuzasidan tegishli taklif va tashabbuslar bildirildi.

Shanxay xalqaro tadqiqotlar akademiyasi 1960-yilda Xitoyning xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida tadqiqotlar olib borish maqsadida tashkil etilgan. Akademiya bevosita Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga bo‘ysunadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish