O‘zbekiston va Fiji o‘rtasidagi hamkorlik yanada kengaytiriladi

Iyun 10, 2026. 18:00 • 2 daq

92
O‘zbekiston va Fiji o‘rtasidagi hamkorlik yanada kengaytiriladi

TOKIO, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi va o‘rindoshlik asosida Fijidagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Fijining Yaponiyadagi yangi tayinlangan elchisi Kemueli Naykama bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar joriy yilda O‘zbekiston va Fiji o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 16 yilligi nishonlanishini qayd etib, keyingi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikda ijobiy dinamika kuzatilayotganini ta’kidladi.

Xususan, O‘zbekistonning Fijidagi birinchi elchisi hamda Fijining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlanishi ikki tomonlama aloqalarni yanada faollashtirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni kengaytirish, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi sheriklikni rivojlantirish va turli darajadagi o‘zaro tashriflarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, ta’lim, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida hamda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Fiji vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va iqtisodiy o‘zgarishlarni yuqori baholab, turli yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, doimiy muloqotni davom ettirish hamda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Fiji Prezidenti Ratu Naykama Tavakekolati Lalabalavuga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish