O‘zbekiston va Buyuk Britaniya sud-huquq sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiradi

Iyun 10, 2026. 16:30 • 2 daq

108
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya sud-huquq sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiradi

LONDON, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Oliy sudi raisi lord Robert Rid bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Lord Robert Rid O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, odil sudlov sifatini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Uning ta’kidlashicha, sudlarda komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari sud idoralarining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyaviy xatarlarning oldini olishga hamda jamiyatning sud tizimiga ishonchini mustahkamlashga zamin yaratadi.

Shuningdek, Britaniya Oliy sudi raisi Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish tashabbusini olqishlab, Angliya va Uels umumiy huquqi tamoyillarining qo‘llanilishi investorlar ishonchini mustahkamlashga va tijorat nizolarini hal etishning samarali mexanizmlarini joriy qilishga yordam berishini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida sudyalar malakasini oshirish, sud tizimini raqamlashtirish va huquqiy institutlarni mustahkamlash borasida tajriba almashish yuzasidan kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish