“BBC News” Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

Iyun 10, 2026. 10:30 • 48 soniya

140
“BBC News” Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

LONDON, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasiga “BBC News”ning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Richard Koulborn murojaat yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Unda mediatashkilot futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘lajak jahon chempionatidagi ishtirokini keng yoritish niyatida ekani ma’lum qilingan.

Shuningdek, Richard Koulborn o‘z xatida 16–18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida o‘z ishtirok etishini tasdiqlagan.

Bundan tashqari Britaniya tomoni tashrif davomida media sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini hamda kompaniyaning respublikadagi faoliyatini kengaytirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish