O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida gidrometeorologiya tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Iyun 10, 2026. 14:30 • 46 soniya
• 82
PARIJ, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi (“O‘zgidromet”) va Fransiyaning “Météo-France International” tashkiloti o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risida kelishuv imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur hujjat iqlim o‘zgarishiga moslashishni kuchaytirish va mamlakat gidrometeorologiya tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan.
Shuningdek, ushbu hamkorlik doirasida “O‘zgidromet”ning gidrometeorologiya infratuzilmasini kompleks modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ularni integratsiyalash, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, ob-havo o‘zgarishlarini boshqarish hamda texnik xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi