O‘zbekiston va BAA o‘rtasida ijtimoiy-gumanitar hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

Avgust 09, 2026. 14:30 • 2 daq

97
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida ijtimoiy-gumanitar hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

ABU-DABI, 9-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev tomonidan “Dubai International Humanitarian Aid & Development Conference & Exhibition” (DIHAD) tashkiloti bosh direktori Xolid Al Attar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida ijtimoiy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish, xalqaro tajriba almashish, istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

DIHAD 2004-yilda Dubay shahrida BAA Bosh vaziri, vitse-prezidenti va Dubay hokimi shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum homiyligida tashkil etilgan bo‘lib, “INDEX Conferences & Exhibitions” tarkibiga kiradi.

Tashkilot BMT agentliklari, “UAE Aid Agency”, “Mohammed bin Rashid Al Maktoum Global Initiatives”, “Dubai Humanitarian”, BAA Qizil Yarim Oy Jamiyati hamda boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikda gumanitar yordam sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar, davlat idoralari, ilmiy muassasalar va xususiy sektor vakillarini yagona muloqot maydonida birlashtirib kelmoqda.

2022-yilda DIHAD hamda Ispaniyaning “Universidad Católica San Antonio de Murcia” universiteti hamkorligida “DIHAD Humanitarian College” tashkil etilgan. Ushbu oliy taʼlim muassasasida barqaror gumanitar faoliyat bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari joriy etilgan bo‘lib, unda grant asosida O‘zbekiston fuqarolari ham tahsil olgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish