Shvetsiyada O‘zbekistonning mintaqaviy va global tashabbuslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Dekabr 01, 2025. 10:46 • 39 soniya
• 76STOKGOLM, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Shvetsiyadagi elchixonasi hamda Lund universiteti hamkorligida “O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi hamkorlik va global birdamlikni ilgari surishdagi tashabbuslari” mavzusida seminar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda mintaqaviy barqarorlik, hamkorlik va iqtisodiy taraqqiyotni mustahkamlashga qaratilgan tashqi siyosatining asosiy jihatlari, BMT va boshqa ko‘ptomonlama platformalarda ilgari surilayotgan global tashabbuslar haqida so‘z yuritildi.
Namoyish etilgan taqdimotlarda asosan shu yil yurtimizda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi forum, YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi, “Markaziy Osiyo – AQSH” sammiti hamda O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasidagi ishtirokiga eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonning Shvetsiya va Shimoliy Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan ilmiy-tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi

