Markaziy Osiyo mamlakatlari va JSST sog‘liqni saqlash sohasida yangi mintaqaviy platformani ishga tushirishni muhokama qildi

May 21, 2026. 12:55 • 2 daq

90

JENEVA, 21-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov Markaziy Osiyo mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlarining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge bilan norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 79-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikning asosiy mintaqaviy platformasi sifatida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Markaziy Osiyoda sog‘liqni saqlash va farovonlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni rasman qabul qilish va ishga tushirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muvofiqlashtirish masalalariga qaratildi.

Xans Klyuge 2026-yil MDHda Sog‘liqni saqlash yili deb eʼlon qilinganini taʼkidlab, O‘zbekistonning MDH Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik kengashiga raisligi davrida uchrashuv o‘tkazilishi sog‘liqni saqlash sohasida mintaqaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirishini maʼlum qildi. Uning maʼlum qilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarining qo‘shma tashabbuslarini ilgari surish va amaliy ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari “Yo‘l xaritasi”ni rasman qabul qilish, mintaqaviy darajada keyingi qadamlarni muvofiqlashtirish va xalqaro hamkorlar istiqbollari bo‘yicha fikr almashdi.

Muhokamalar yakunida 2026-yil oktyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik kengashi doirasida ushbu “Yo‘l xaritasi”ni rasman qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish