Toshkent va Parij O‘zbekiston tibbiyot tizimini rivojlantirishda Fransiya tajribasidan foydalanishning amaliy jihatlarini muhokama qilmoqda
Sentabr 12, 2026. 11:30 • 2 daq
• 116
PARIJ, 12-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Fransiyaning “AP-HP International” tashkiloti vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot jarayonida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, mutaxassislarning malakasini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda tibbiy kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar amaliy hamkorlikni kengaytirishning ehtimoliy yo‘nalishlari va O‘zbekiston tibbiyot tizimini rivojlantirishda Fransiya tajribasidan yanada kengroq foydalanish yuzasidan fikr almashdi.
Suhbat jarayonida tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni davom ettirish, mutaxassislar uchun qo‘shma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va istiqbolli loyihalarni birgalikda tayyorlashga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi